Avstraliyadagi vatandoshlarimiz Navro‘z bayramini boshqa mamlakatlar vakillari bilan nishonladi
Aprel 08, 2026. 11:24 • 58 soniya
• 17
SIDNEY, 8-aprel. /“Dunyo” AA/. Avstraliyadagi vatandoshlarimiz bahor bayrami Navro‘zni keng nishonladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu tadbir Sidney va atrof hududlarda istiqomat qilayotgan ko‘plab yurtdoshlarimizni birlashtirib, o‘zaro muloqot va milliy anʼanalarni birgalikda nishonlash uchun qulay muhit yaratdi.
Tadbirda Tojikiston, Qozog‘iston hamda boshqa qardosh mamlakatlar vakillari, mahalliy aholi faol ishtirok etdi. Ularga O‘zbekistonning boy madaniyati, turizm salohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.
Ushbu bayram iliq va do‘stona muhitda, o‘zbek xalqina xos mehmondo‘stlik va hamjihatlik anʼanalariga mos ravishda tashkil etildi. Dasturxondan milliy taomlar o‘rin oldi, shuningdek, ishtirokchilar uchun musiqiy va madaniy dastur namoyish etildi.
Qatnashchilar Navro‘zning mazmun-mohiyati yangilanish, ezgulik va birdamlik g‘oyalarini alohida taʼkidlab, bu kabi tadbirlar xorijda yashab kelayotgan yurtdoshlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi