Logo

Qarshi shahrida Germaniya bilan hamkorlikda yangi markaz ochildi

Aprel 07, 2026. 10:08 • 53 soniya

162
Qarshi shahrida Germaniya bilan hamkorlikda yangi markaz ochildi

QARSHI, 7-aprel. /“Dunyo” AA/. Qarshi davlat texnika universitetida Germaniyaning “Prosica GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda yoshlarni nemis tiliga o‘qitib, tartibli migratsiyaga yuborish maqsadida “Xorijiy tillar va kasbga o‘qitish” markazi tashkil etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

Markazning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, germaniyalik hamkorlar, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Shuningdek, hamkorlikni yana-da kengaytirish maqsadida Qarshi shahrida yirik Taʼlim va texnologiyalar markazini ochish rejalashtirilgan. Ushbu markazni muvaffaqiyatli bitirgan yoshlar mutaxassisliklari bo‘yicha Germaniyaga ishga yuboriladi.

Maqsadli dasturga ko‘ra, 2026-yilning o‘zida 3000 nafar, 2027-yilda esa 5000 nafar qashqadaryolik yoshlarni kasbga va tilga o‘qitish orqali Germaniyaga tartibli ishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish