Ishtixon texnikumi va Anqara litseyi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Oktabr 08, 2026. 09:00 • 2 daq
• 213ANQARA, 8-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ko‘magida Ishtixon tumani 2-son texnikumi hamda Anqaradagi «Şehit Mehmet Karakaşoğlu Mesleki ve Teknik Anadolu Lisesi» litseyi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Ishtixon delegatsiyasi Anqaraga safari davomida litseydagi o‘quv jarayoni va amaliy ta’lim tajribasi bilan tanishdi. Muassasa rahbariyati bilan qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Memorandum qurilish va pardozlash, elektrotexnika va energetika, payvandlash, mebel ishlab chiqarish, santexnika va iqlimlashtirish kasblariga tayyorlash bo‘yicha tajriba almashishni qamrab oladi.
Pedagoglar uchun seminarlar va mahorat darslari, o‘quvchilarning qo‘shma amaliy loyihalari, o‘quv-uslubiy materiallar almashinuvi hamda imkoniyatlardan kelib chiqib, qisqa muddatli amaliy tashriflar nazarda tutilgan.
Hamkorlik o‘qituvchilar malakasini oshirish va o‘quvchilarning mehnat bozori talablariga mos amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Elchixona vakillari O‘zbekistonning boshqa texnikumlari hamda Turkiya kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish ishlarini davom ettirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


