O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasida Shvetsiya tajribasini o‘rganmoqda
Oktabr 10, 2026. 16:30 • 1 daq
• 234
STOKGOLM, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahrida Shvetsiya Milliy savdo kengashi delegatsiyasining O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar milliy texnik jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar hamda soha mutaxassislari uchun o‘quv seminarini o‘tkazdilar.
Ishtirokchilar texnik reglamentlarni ishlab chiqishda tartibga solish ta’sirini baholash (RIA) mexanizmlarini qo‘llash va muvofiqlikni baholash tartib-qoidalarida xavf-xatarlarni hisobga olishning zamonaviy yondashuvlarini ko‘rib chiqdilar. Jumladan, bolalar o‘yinchoqlari va elektromagnit moslik xavfsizligiga oid amaldagi reglamentlar misolida RIAdan foydalanishning amaliy jihatlari o‘rganildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mazkur hamkorlik O‘zbekistonning texnik jihatdan tartibga solish tizimini xalqaro, xususan, Yevropa amaliyotiga uyg‘unlashtirish, shuningdek, uning samaradorligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi