O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Olmaotada maktab jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi
Aprel 12, 2026. 11:59 • 2 daq
• 419
OLMAOTA, 12 aprel. /“Dunyo” AA/. 10 aprel kuni shaxmat maktab jamoalari o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha “World Schools Team Championship 2026” (WSTC 2026) jahon chempionati muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning "Wisdom school" maktabi chempionat davomida yuqori darajadagi tayyorgarlik, strategik fikrlash va ishonchli o‘yinni namoyish etib, jamoaviy hisobda birinchi o‘rinni egalladi va oltin medallarga sazovor bo‘ldi.
Kumush medal “Kurchatov School” (Rossiya) jamoasiga, bronza medal esa “Velammal MHs school” (Hindiston) jamoasiga nasib etdi.
Tanlov yakunida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi prezidenti Timur Turlov g‘olib va sovrindorlarni tabrikladi, shuningdek, barcha jamoalar, murabbiylar va hamkorlarga musobaqada ishtirok etgani va hissa qo‘shgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasining g‘alabasi ishtirokchilarning yuqori darajadagi tayyorgarligi, murabbiylar shtabining samarali faoliyati va mamlakatda maktab shaxmat sportining tizimli rivojlanishining yaqqol isboti bo‘la oladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi