Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Pokiston 35 to'plam kriket jihozlarini taqdim qildi
Avgust 03, 2026. 13:00 • 2 daq
• 175ISLOMOBOD, 3-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasi O‘zbekiston Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizga 35 ta kriket sport anjomlari va formalari to‘plamini tuhfa qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur loyiha nafaqat mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olishga qaratilgan ramziy sovg‘a, balki O‘zbekistonda sport sohasini rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sportni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Futbol, boks, kurash, dzyudo, taekvondo, og‘ir atletika va shaxmat kabi sport turlari qatorida futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz jahon chempionatida munosib ishtirok etdi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda yangi va istiqbolli sport turlari, jumladan kriketni ommalashtirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kriket bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakatda keng ommalashgan bo‘lib, ayniqsa Pokistonda milliy sport turi va birdamlik ramzi hisoblanadi.
Pokistonning bu boradagi boy tajribasini o‘rganish va uni yurtimizda tatbiq etish maqsadida amalga oshirilgan ushbu loyiha sport diplomatiyasini rivojlantirish va o‘zbekistonlik yoshlar o‘rtasida kriketni ommalashtirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


