Logo

Pensilvaniyadagi chet el fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida saqlanayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi

Yanvar 29, 2026. 15:53 • 2 daq

173
Pensilvaniyadagi chet el fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida saqlanayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi

VASHINGTON, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida AQShdagi o‘zbekistonlik diplomatlar Pensilvaniya shtatining Moshannon Volley okrugidagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Diplomatlar ushbu markazlarda saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan konsullik suhbatlari o‘tkazib, ularni saqlash, ovqatlantirish, salomatligi va boshqa maishiy jihatlarini o‘rgandi. Vatandoshlarga konsullik va huquqiy masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Markazda saqlanayotgan fuqarolarning aksariyati ularni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha sudning yakuniy qarori qabul qilingani, buning uchun hujjatlar tayyorligi, O‘zbekistonning konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtirilganini maʼlum qilgan. Ular O‘zbekiston himoyasida ekanining tasdig‘i bo‘lgan diplomatlarning tashrifi uchun minnatdorlik bildirdi.

Hozirda sud jarayonlari davom etayotgan fuqarolar oilasini sog‘inganini bildirib, yaqinlari bag‘riga tezroq qaytishi uchun amaliy yordam so‘radi.

O‘zbekistonning AQShdagi vakolatxonasi o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish masalalari bo‘yicha xorijiy tomonlar bilan tegishli muzokaralar o‘tkazishga, zarur hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Shu bilan birga, AQShning immigratsiya siyosatidagi so‘nggi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga yana bir bor o‘zlari bo‘lib turgan mamlakat hududida qonuniy yashash, mahalliy qonunchilikka qatʼiy rioya qilish va noqonuniy xatti-harakatlardan tiyilish tavsiya etiladi.

Zarurat tug‘ilgan taqdirda, O‘zbekistonning AQShdagi vakolatxonalari bilan quyidagi aloqa vositalari orqali bog‘lanish mumkin:

O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi Konsullik bo‘limi:

• Telefon: +1 (202) 887-5300

• Elektron pochta: consul.washington@mfa.uz

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi:

• Telefon: +1 (212) 754-7403

• Elektron pochta: info@uzbekconsulny.org

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish