Diplomatlar yordamida Belarusda aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytdi
Iyul 26, 2026. 15:00 • 2 daq
• 181
MINSK, 26-iyul. /“Dunyo” AA/. Belorusda mushkul vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning elchixonasiga hamyurtimiz M.T. murojaat qilib, og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgani tufayli O‘zbekistonga qaytishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.
Ma’lum bo‘lishicha, M.T, joriy yilning iyul oyida mehnat faoliyatini olib borish maqsadida Belarusga kelgan. Biroq Minsk shahriga yetib kelganidan so‘ng uni ishga taklif qilgan shaxs aloqaga chiqmay qo‘ygan. Bir necha kun davomida ish beruvchi bilan bog‘lanish harakatlari zoye ketgach, fuqaro mablag‘siz va qarovsiz qolib, og‘ir moliyaviy ahvolga tushgan.
Yuzaga kelgan holatni inobatga olgan holda, diplomatlar tomonidan fuqarodan tezkor tartibda tegishli ariza va hujjatlar qabul qilingan. O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan M.T, nomiga vatanga qaytish aviachiptasi rasmiylashtirib berildi.
Ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida 24-iyul kuni M.T. “Belavia” aviakompaniyasining Minsk–Toshkent reysi bilan vatanga qaytarildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi