O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarimizning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Buyuk Britaniyaning yetakchi yuridik firmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
Fevral 19, 2026. 10:20 • 41 soniya
• 134
LONDON, 19-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyadagi nufuzli “Greymore” xalqaro yuridik firmasi rahbari Jemal Turk bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda Buyuk Britaniyada faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatish va ularning huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston fuqarolari uchun Buyuk Britaniyada qonuniy yashash va ishlash qoidalari, viza talablari hamda huquqiy xatarlar bo‘yicha axborot materiallari tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Elchi mamlakatimizda mehnat migratsiyasi masalasiga qarash o‘zgargani, mavjud muammolar ochiq-oydin aytilayotgani, vatandoshlarimizning huquqini tiklash borasida tezkor va zaruriy choralar ko‘rilayotganini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish va Britaniyadagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
