Logo

Isroildan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi

Fevral 01, 2026. 16:20 • 35 soniya

166
Isroildan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi

TEL-AVIV, 1-fevral. /“Dunyo” AA/. Isroilning “Asia Travel” sayyohlik kompaniyasi rahbari, O‘zbekistonning Isroildagi sayyohlik brendi elchisi Nissan Mushayev va “Diplomatik servis xizmati” DUK vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, Isroildan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini izchil oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, samarali tashkiliy ishlarni yo‘lga qo‘yish va “Diplomatik servis xizmati” DUK bilan sayyohlarni qabul qilish, logistika va yuqori darajadagi servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va belgilangan tashabbuslarni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish