O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Arxangelsk shahridagi Shimoliy (Arktika) federal universitetida bo‘ldi
Aprel 21, 2026. 16:10 • 56 soniya
• 153ARXANGELSK, 21-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi delegatsiyasining Rossiyaning Arxangelsk viloyatiga tashrifi doirasida elchi Botirjon Asadovning Shimoliy (Arktika) federal universiteti rektori Mixail Danilov va ushbu universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvlarda talabalarning yashash va o‘qishi bilan bog‘liq asosiy masalalar, xususan, turar joy va yotoqxona sharoitlari, taʼlim jarayoni, davomat va talabalarning ijtimoiy faollik darajasi, shuningdek, akademik aloqalarni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari elchixona delegatsiyasi Arxangelsk viloyati gubernatori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Vage Petrosyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va Arxangelsk viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi





