O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
Dekabr 30, 2025. 14:53 • 30 soniya
• 8
TOSHKENT, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev janoblari bilan konstruktiv telefon muloqoti o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – O‘tayotgan yilning asosiy yutuqlarini muhokama qildik va strategik hamkorligimiz hamda ittifoqchiligimizda misli ko‘rilmagan rivojlanish surʼatlarini mamnuniyat bilan qayd etdik.
Shuningdek, 202-yilga mo‘ljallangan asosiy ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik rejalari muhokama qilindi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi