Logo

Boltiqbo‘yi davlatlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni keng nishonlandi

Dekabr 10, 2025. 11:38 • 54 soniya

87
Boltiqbo‘yi davlatlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni keng nishonlandi
Boltiqbo‘yi davlatlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni keng nishonlandi
Boltiqbo‘yi davlatlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni keng nishonlandi
Boltiqbo‘yi davlatlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni keng nishonlandi

RIGA, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. Latviya va Estoniyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan keng ko‘lamli madaniy-maʼrifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda ushbu mamlakatlarda ishlayotgan va taʼlim olayotgan o‘zbekistonliklar, Latviya va Estoniya rasmiylari hamda mahalliy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Dastur doirasida ishtirokchilarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan davlat siyosati haqida maʼlumot berildi.

Tadbirning madaniy qismida “Xalqlar do‘stligi” ansambli milliy raqs va qo‘shiqlardan iborat badiiy dasturni taqdim etib, o‘zbek madaniyati va sanʼatining o‘ziga xos jihatlarini namoyon qildi.

Ayniqsa, mazkur ansamblning Tallindagi chiqishlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ansambl sanʼatkorlari shaharning gavjum sayyohlik maskanlaridan biri – Rojdestvo maydonida konsert berib, turli mamlakatlardan kelgan mehmonlarga O‘zbekistonning boy madaniy merosini taqdim etdilar.

Boltiqbo‘yi mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan tadbirlar O‘zbekiston Konstitutsiyasi kunini nishonlashga munosib hissa qo‘shibgina qolmay, O‘zbekistonning Latviya va Estoniya bilan madaniy-gumanitar aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bundan tashqari, ular xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni kengaytirish, o‘zbek madaniyati va sanʼatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish uchun muhim platformaga aylandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish