Xitoyning Guanchjou shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Dekabr 10, 2025. 08:15 • 42 soniya
• 82
GUANCHJOU, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Guanchjoudagi Bosh konsulxona tomonidan Xitoyning janubiy hududlarida vaqtinchalik istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan madaniy tadbir o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda Konstitutsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda fuqarolar hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Bosh qomusimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari davlat faoliyatining ustivor yo‘nalishi ekani taʼkidlandi.
Vatandoshlar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida, ularning taʼlim olish, mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, konsullik-huquqiy xizmatlarni yana-da takomillashtirish, Xitoyning mehnat migratsiya bilan bog‘liq siyosati yuzasidan fikr almashildi. Diplomatlar tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.
Tadbir yakunida mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosini Xitoyda targ‘ib qilishni jadallashtirish maqsadida vatandoshlar bilan 2026 yilda tashkil etiladigan tadbirlar rejasini birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi
Boltiqbo‘yi davlatlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni keng nishonlandi