Logo

Diplomatlar o‘zbek talabalarini Rossiya qonunchiligiga rioya qilishga chaqirdi

Mart 26, 2026. 15:39 • 55 soniya

130
Diplomatlar o‘zbek talabalarini Rossiya qonunchiligiga rioya qilishga chaqirdi

SANKT-PETERBURG, 26-mart. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburg shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandosh talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yurtimizning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi diplomatlari uchrashuvda vatandoshlarga Rossiya qonunchiligiga qat’iy rioya qilish, jumladan, tegishli ruxsatnomalarsiz ish faoliyati bilan shug‘ullanmaslik, diniy ekstremizm va terrorizm g‘oyalariga qarshi turish, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga mutlaqo aralashmaslik lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlar turli firibgarlik sxemalari va noqonuniy moliyaviy operatsiyalarga nisbatan hushyor bo‘lishga chaqirildi. Shu bilan birga, millatchilik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatmaslik zarurligi alohida qayd etildi.

Talabalarga huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarda O‘zbekiston bosh konsulxonasiga murojaat qilish mumkinligi eslatildi.

Yig‘ilish davomida talabalar madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan o‘z tashabbuslarini bildirishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish