Logo

Diplomatlar ko‘magida ona va bola Mavritaniyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Mart 09, 2026. 10:00 • 44 soniya

220
Diplomatlar ko‘magida ona va bola Mavritaniyadan O‘zbekistonga qaytarildi

NUAKSHOT, 9-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan ikki yoshli farzandi bilan Mavritaniya hududida qiyin ahvolga tushib qolgan va hujjatlarsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Fuqaroning murojaati bo‘yicha elchixona xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Qisqa vaqt ichida konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilib, ona va bolani Vatanga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.

Elchixona tomonidan Misrdan Mavritaniyaga hujjatlarni yetkazib berish tashkil etildi, bu ona va bolaning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishiga imkon berdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish