O‘zbekiston elchisi Niderlandiyadagi vatandoshlar holidan xabar oldi
Mart 08, 2026. 12:53 • 56 soniya
• 77ROTTERDAM, 8-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov Niderlandiyaning Rotterdam shahrida joylashgan “Sanitairluxe” va “Renoman” kompaniyalarida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat chog‘ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar, turli sohalardagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi. Xorijdagi fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, konsullik hisobiga qo‘yish tartibi va uning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, elchi vatandoshlarimizning mehnat va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, ularni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi. Konsullik-huquqiy masalalar, hujjatlarni rasmiylashtirish va mehnat faoliyatidagi huquq hamda majburiyatlar bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida elchixona vakillari fuqarolarimizning yanada qulay mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida kompaniyalar rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


