Logo

O‘zbekiston elchisi Niderlandiyadagi vatandoshlar holidan xabar oldi

Mart 08, 2026. 12:53 • 56 soniya

75
O‘zbekiston elchisi Niderlandiyadagi vatandoshlar holidan xabar oldi
O‘zbekiston elchisi Niderlandiyadagi vatandoshlar holidan xabar oldi
O‘zbekiston elchisi Niderlandiyadagi vatandoshlar holidan xabar oldi

ROTTERDAM, 8-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov Niderlandiyaning Rotterdam shahrida joylashgan “Sanitairluxe” va “Renoman” kompaniyalarida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar, turli sohalardagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi. Xorijdagi fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, konsullik hisobiga qo‘yish tartibi va uning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, elchi vatandoshlarimizning mehnat va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, ularni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi. Konsullik-huquqiy masalalar, hujjatlarni rasmiylashtirish va mehnat faoliyatidagi huquq hamda majburiyatlar bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida elchixona vakillari fuqarolarimizning yanada qulay mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida kompaniyalar rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish