Logo

Kiyev muzeyida Temuriylar davriga oid eksponatlar saqlanmoqda

Mart 09, 2026. 15:01 • 47 soniya

55
Kiyev muzeyida Temuriylar davriga oid eksponatlar saqlanmoqda

KIEV, 9-mart. /“Dunyo” AA/. Kiyev muzeyida Amir Temur va temuriylar davriga oid eksponatlar topildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Ukrainadagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, Kiyevdagi Bogdan va Varvara Xanenko nomidagi Milliy sanʼat muzeyida Temuriylar davriga oid 40 ga yaqin eksponat saqlanmoqda.

Gap sirlangan yarim shar shaklidagi sopol buyumlar – qora, ko‘k va feruza rangli naqshlar bilan bezatilgan shaffof sirlangan kosa va idishlar haqida bormoqda. Bu buyumlar temuriylar davri badiiy anʼanalariga mansub bo‘lib, hozirda muzey kolleksiyasida asralmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish