Logo

“Tolo News”: Afg‘oniston Markaziy Osiyo va Yaponiya bilan hamkorlikni yanada rivojlantiradi

Dekabr 22, 2025. 12:48 • 49 soniya

85
“Tolo News”: Afg‘oniston Markaziy Osiyo va Yaponiya bilan hamkorlikni yanada rivojlantiradi

KOBUL, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Afg‘onistonning “Tolo News” nashrida O‘zbekiston yetakchisining Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi hamda “Markaziy Osiyo+Yaponiya” sammitidagi ishtirokiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, sammit doirasida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bildirilgan fikrlarga Afg‘oniston Islom Amirligi rasmiylari ham ijobiy munosabat bildirdi. Afg‘oniston O‘zbekiston, Yaponiya hamda boshqa mintaqaviy va global hamkorlar bilan konstruktiv hamda do‘stona munosabatlarni saqlab kelayotganini maʼlum qildi.

“Afg‘oniston O‘zbekiston, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan ijobiy aloqalarga ega hamda ushbu hamkorlikni yana-da mustahkamlashga intiladi. O‘zbekiston kabi boshqa davlatlar ham iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashi hamda Afg‘oniston va mintaqa barqarorligida muhim rol o‘ynashi mumkin, – deya yozilgan maqolada.

Maqola xulosasida, “Prezident Shavkat Mirziyoyev, Yaponiyaning Afg‘onistonga ko‘p yillik ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi hamda birgalikdagi harakatlar va hamkorlik turmush darajasini oshirishga, infratuzilma va iqtisodiyotni rivojlantirishga hamda Afg‘onistonning mintaqaviy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilishiga ishontirdi”, – deya fikr bildirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish