Logo

“London Post”: Markaziy Osiyo davlatlari Yaponiyaning mintaqa iqtisodiyotida faol ishtirokchi sifatidagi rolini oshirmoqda

Dekabr 22, 2025. 13:59 • 2 daq

126
“London Post”: Markaziy Osiyo davlatlari Yaponiyaning mintaqa iqtisodiyotida faol ishtirokchi sifatidagi rolini oshirmoqda

LONDON, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning nufuzli “London Post” elektron nashrida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammiti haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Mazkur sammit Markaziy Osiyoning Yaponiya uchun ortib borayotgan geosiyosiy, iqtisodiy va texnologik ahamiyatini, mintaqaning anʼanaviy kuch markazlaridan tashqaridagi, umumiy qadriyatlarga ega uzoq muddatli sheriklar bilan hamkorlik qilishga bo‘lgan jamoaviy tayyorligini namoyish etdi”, – deb yozgan muallif.

Nashrda taʼkidlanishicha, Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishganidan buyon Yaponiya infratuzilmani modernizatsiya qilish, sanoatni rivojlantirish, energetika tizimlari, taʼlim, fan va inson kapitalini shakllantirishga salmoqli hissa qo‘shgan ishonchli hamkorga aylandi. Sammitda Markaziy Osiyo mamlakatlari nafaqat bu sheriklikni saqlab qolish, balki Yaponiyaning mintaqa kelajagidagi faol ishtirokchi sifatidagi rolini kengaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

“Sammit kun tartibi har ikki tomonning o‘zgarib borayotgan ustuvor yo‘nalishlarini aks ettirdi. Muhokamalar asosiy sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratildi: “yashil” iqtisodiyot va barqaror rivojlanish, mintaqaviy bog‘liqlik, raqamli transformatsiya, inson kapitalini rivojlantirish va institutsional hamkorlik”, – deb yozilgan materialda.

“Yaponiyadagi sammit barcha yetakchilar tomonidan maʼqullangan Tokio deklaratsiyasi qabul qilinishi bilan yakunlandi. Rasmiy qarorlardan tashqari, sammit strategik qarashlarning yaqinligini ko‘rsatdi: Markaziy Osiyo diversifikatsiyalangan, texnologik rivojlanishga yo‘naltirilgan sheriklarni qidirmoqda, Yaponiya esa global ahamiyati ortib borayotgan jadal rivojlanayotgan mintaqa bilan hamkorlik qilmoqda”, – deya xulosa qilingan maqolada.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish