Logo

 "Kommersant" gazetasi: O'zbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, vanadiy, titan va boshqa minerallarning yirik zaxiralari aniqlangan

Iyun 11, 2025. 18:27 • 2 daq

87
 "Kommersant" gazetasi: O'zbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, vanadiy, titan va boshqa minerallarning yirik zaxiralari aniqlangan

MOSKVA, 11-iyun. /"Dunyo AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo' AA muxbiri.

Rossiyaning nufuzli "Kommersant" gazetasi Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda amalga oshirilayotgan moliyaviy islohotlar va Xalqaro valyuta fondi hamda Jahon banki ko'magida texnologik minerallardan mahsulot ishlab chiqarish rejalari xususida ma'lum qilgani haqida yozadi.

"Sug'urta tizimida ham katta islohotlarni boshladik. Milliy qayta sug'urtalash kompaniyasi va global qayta sug'urtalash raqamli platformasi tashkil etildi", – deya Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqidan iqtibos keltirilgan maqolada.

Qayd etilishicha yurtimizda volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, vanadiy, titan va boshqa minerallarning yirik zaxiralari aniqlangan. Bu zaxiralar 3 trillion dollarga baholanmoqda. Toshkent va Samarqand viloyatlarida "Kelajak metallari" texnoparklari tashkil etilmoqda, investorlarga renta solig'i bo'yicha o'n yillik soliq imtiyozlari taklif etiladi.

Shuningdek, "Kommersant" nashrining ta'kidlashicha, forumga jami 7,5 ming delegat, jumladan, dunyoning qariyb 100 mamlakatidan 3 mingga yaqin mehmon tashrif buyurgan. Tadbirda Bolgariya Prezidenti Rumen Radev, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Rossiya Hukumati raisi o'rinbosari Aleksandr Novak, shuningdek, Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso ishtirok etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish