O‘zbekiston TIV rahbari Vashingtonda AQSh savdo vakili va Eksport-import banki prezidenti va raisi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Fevral 05, 2026. 16:23 • 2 daq

1708
O‘zbekiston TIV rahbari Vashingtonda AQSh savdo vakili va Eksport-import banki prezidenti va raisi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
O‘zbekiston TIV rahbari Vashingtonda AQSh savdo vakili va Eksport-import banki prezidenti va raisi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

TOSHKENT, 5-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda muhim minerallar bo‘yicha vazirlar yig‘ilishi doirasida AQSh savdo vakili Jamison Grir, shuningdek, AQSh Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“AQSh savdo vakili Jamison Grir janoblari hamda AQSh Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich janoblari bilan samarali muloqotlar o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Biz ikki tomonlama savdo-iqtisodiy kun tartibining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, bozorlarga kirishni kengaytirish, investitsiya hamkorligini mustahkamlash va ustuvor tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni muhokama qildik.

Savdoni osonlashtirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishning amaliy mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish
Logo
"Dunyo" Information Agency is a leading source of news on foreign policy and the development of Uzbekistan.
Sections
Information
Contacts
+99871-239-17-76
dunyo@mfa.uz
3A, Amir Temur str., Tashkent, 100000