O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
Mart 05, 2026. 16:26 • 2 daq
• 191
TOShKYENT, 5-mart. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri janob Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida ozarbayjonlik hamkasbim Naxichevan Avtonom Respublikasiga nisbatan uchuvchisiz uchish apparatlari orqali amalga oshirilgan hujum bilan bog‘liq holat yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Mazkur hujum oqibatida tinch aholi jabr ko‘rgani va fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazilgani qayd etildi.
O‘z navbatida, mamlakatimizning mazkur hujumlar yuzasidan jiddiy xavotirini bildirdik. Xalqaro huquq prinsiplariga zid bo‘lgan, boshqa davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzadigan bunday harakatlar mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladik.
Surat “Dunyo” AA arxividan
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi