O‘zbekiston TIV rahbari Venada Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Dekabr 05, 2025. 09:53 • 31 soniya
• 131
TOSHKENT, 5-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Vena shahrida Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston–Germaniya hamkorligining o‘sib borayotgan dinamikasini qayd etdik. Savdo, investitsiyalar, “yashil” energetika, kasbiy taʼlim va o‘zaro bog‘liqlik kabi sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishni muhokama qildik.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muhim masalalar hamda bo‘lajak tadbirlar kun tartibi yuzasidan fikr almashdik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi