Xitoydan munosabat: O‘zbekiston tarixiy natijalar orqali jahon hamjamiyati eʼtiboriga tushmoqda
Dekabr 31, 2025. 21:11 • 47 soniya
• 104
TOSHKENT, 1-yanvar. /“Dunyo” AA/. “SAMSE” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Go Szisze “Dunyo” AA uchun bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi yuzasidan fikrlarini bayon qildi:
– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlament va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasini diqqat bilan o‘rganib chiqdim. Ushbu Murojaatnoma O‘zbekistonning kelgusi yildagi har tomonlama rivojlanishi uchun dasturiy hujjat hisoblanadi.
O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev rahbarligida tarixiy muvaffaqiyatlarga erishdi. Yalpi ichki mahsulot rekord darajaga yetdi, eksport hajmi bir necha barobar ortdi, kambag‘allik darajasi esa minimal darajaga tushdi. Barcha sohalarda jahon hamjamiyatining eʼtiborini tortgan chinakam tarixiy natijalarga erishildi.
Ishonchim komilki, rivojlanishning bunday jadal yo‘lidan borar ekan, O‘zbekiston va uning mehnatkash xalqi barcha belgilangan maqsadlarga, albatta, yetadi.
“SAMSE” O‘zbekistonning ishonchli hamkorlaridan biri hisoblanadi. Umid qilamanki, kelgusi yilda ham “SAMSE” O‘zbekiston xalqining farovonligini oshirish yo‘lida mamlakatlarimiz iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi