Logo

Xitoydan qutlov: Oʻzbekiston bilan “Bir makon, bir yoʻl” konsepsiyasi asosida hamkorligimiz tobora kengaymoqda

Yanvar 01, 2026. 10:58 • 2 daq

84
Xitoydan qutlov: Oʻzbekiston bilan “Bir makon, bir yoʻl” konsepsiyasi asosida hamkorligimiz tobora kengaymoqda

GUANDUN, 1-YANVAR. /“Dunyo” AA/. Nufuzli “PK Environment” kompaniyasi bosh ijrochi direktori, Guandun transport kommunikatsiya kolleji rektori Ya Lo I mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni eʼtirof etib, Oʻzbekiston xalqini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi:

– Oliy darajadagi uchrashuvlar chogʻida ikki davlat rahbarlari Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, xalqlar farovonligini taʼminlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarida koʻplab kelishuvlarga erishdi.

Soʻnggi paytlarda Oʻzbekiston–Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik har tomonlama jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy taʼsiri Xitoy taʼlim tashkilotlari va ularning Oʻzbekistondagi hamkorlari oʻrtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikka katta taʼsir koʻrsatmoqda.

66-yillik tarixga ega boʻlgan kollejimiz transport sohasidagi oliy kasb-hunar taʼlimi muassasasi sanaladi. Kollej maydoni 866 671 metr kvadrat. Bu yerda 27 mingdan ortiq talaba 61 ta mutaxassislik boʻyicha tahsil oladi. Taʼlim dargohimiz transport sohasida yetakchi strategiyani tashkil etish boʻyicha mamlakatning tajriba muassasasi hisoblanadi.

Oʻzbekiston bilan yaqin doʻstligimiz 2017-yildan boshlangan. Biz Oʻzbekistondagi turli taʼlim muassasalari bilan turli memorandumlar imzolashdan gumanitar almashinuvgacha, elchilarning tashriflaridan birgalikda platformalar yaratishgacha hamkorlik qilib kelayapmiz.

Xususan, 2025-yil iyul oyida bosh konsulxona ishtirokida Toshkent davlat transport universiteti bilan birgalikda “Linnan kasb-hunar ustaxonasi”ni tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzoladik.

Oʻtgan oyda “Bir makon, bir yoʻl” konsepsiyasi doirasida oʻtkazilgan anjumanda Toshkent davlat transport universiteti, “Guanchjou Nanlin Avtomobil” AJ, Guandun ilmiy-texnikaviy hamkorlik ittifoqi bilan “hukumat–oliy taʼlim muassasasi–sanoat-korxonasi” hamkorligining yangi mexanizmini yaratdik.

2025-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputatlari delegatsiyasi kollejimizga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Linnan kasb-hunar ustaxonasi va madaniy almashinuv boʻyicha Xitoy–Oʻzbekiston markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Biz kelgusida ham hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarni oʻqitish va kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha Oʻzbekiston bilan birgalikda yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz.

Kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan kollej nomidan barcha oʻzbekistonliklarni chin dildan qutlayman. 2026-yil barchangizga qutlugʻ kelsin. Oilangizdan fayzu baraka arimasin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish