Xitoydan tabrik: Keng qamrovli hamkorlik uzoq muddatli rivojlanishga asos bo‘ladi
Dekabr 31, 2025. 14:20 • 2 daq
• 318
Pekin, 27-dekabr. /“Dunyo” AA/. Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti (IRVETSA) direktori Sun Chjuanchji o‘zbek xalqini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi:
– Xitoy O‘zbekistonning o‘ta muhim hamkori. Ikki davlat o‘rtasida har tomonlama strategik munosabatlar o‘rnatilgan. So‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar jadal rivojlanib, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, taʼlim, fan va texnika kabi sohalardagi almashinuv va hamkorlik tobora mustahkamlanmoqda.
Yetakchilar o‘rtasidagi hamkorlikning yuksak darajasi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy hamkorlik sifat darajasiga ko‘tarildi, savdo hajmi yangi tarixiy natijaga chiqdi.
Vizasiz tartibning joriy etilishi gumanitar almashinuvlarni soddalashtirish va odamlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish imkonini berdi. Bu esa haqiqatan ham xalqlar o‘rtasida o‘zaro tushunishga erishishga yordam berdi. Kuzatishimga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xitoylik sayyohlar soni avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada oshgani gumanitar sohadagi hamkorlikning ulkan salohiyatini ko‘rsatmoqda.
Siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi almashinuvlar va hamkorlik muttasil rivojlanib bormoqda. Har ikki mamlakatning barcha sohalardagi umumiy taraqqiyoti uchun yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Umid qilamizki, tashrif buyurish va tadqiqotlar o‘tkazish orqali biz Xitoy korxonalari va xalqiga yanada haqqoniy va ko‘p qirrali O‘zbekistonni taqdim etish, mamlakatingiz jozibadorligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi