Xitoydan munosabat: O‘zbekiston o‘z sunʼiy yo‘ldoshi va fuqarosini koinotga uchirishni rejalashtirmoqda
Dekabr 27, 2025. 15:57 • 58 soniya
• 305
PEKIN, 27-dekabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Psearcher” nashriyot kompaniyasi menejeri Van Minmey O‘zbekiston Prezidentining parlament va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasi haqida fikr bildirdi:
– O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomani diqqat bilan o‘rganib chiqdim.
Davlat rahbari xalqqa murojaatida mamlakatdagi amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtalib, kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritdi.
Murojaatnomada taʼkidlanganidek, 2025 yilda iqtisodiyotga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetgan. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizni tashkil etgan. Jahon banki eʼlon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning top-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi.
O‘zbekiston o‘z oldiga ulkan va uzoqni ko‘zlovchi maqsadlarni qo‘ygan. Kosmik sohada ham mamlakat dunyoning rivojlangan davlatlari qatorida o‘z sunʼiy yo‘ldoshi va fuqarosini koinotga uchirishni rejalashtirmoqda.
Bunday shiddatli taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga albatta erishadi, deb o‘ylayman. Umid qilamanki, Yangi yilda O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlar haqida ko‘plab reportajlar tayyorlaymiz.
O‘zbekiston yetakchisiga mustahkam sog‘lik va Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ezgu saʼy-harakatlarida muvaffaqiyat, mamlakat xalqiga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi