O‘zbekiston va BAA tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi
Dekabr 12, 2025. 17:12 • 1 daq
• 70
TOSHKENT, 12-dekabr. / “Dunyo” АА/. Kecha Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev BAA tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Omar Obaid al-Shamsi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat davomida tomonlar o‘rtasida munosabatlarning hozirgi holati, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Omar Obaid al-Shamsi ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi samimiy munosabatlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi aloqalarning asosi bo‘lib xizmat qilayotganligini taʼkidladi.
Bu borada O‘zbekiston Prezidentining joriy yilning yanvar oyida Amirliklarga amalga oshirgan rasmiy tashrifini alohida taʼkidlab, u ikki tomonlama munosabatlarni strategik darajaga olib chiqqanini qayd etdi.
Uchrashuvda shu bilan birga, mamlakatlar o‘rtasida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
Suhbatdosh O‘zbekiston fuqarolarini Amirliklar hududida istiqomat qilishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishda hamkorlikka tayyorligini maʼlum qildi.
Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlarni tashkil etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlab, bu borada tomonlar o‘rtasida ilk bor imzolanishi kutilayotgan Anglashuv memorandumi Amirliklar tomoniga maʼqulligini hamda mazkur hujjatni yaqin orada imzolashga tayyorligini maʼlum qildi.
Maslahatlashuvlarning birinchi davrasini 2026-yilning 1-choragida tomonlar uchun qulay fursatlarda o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi
O‘zbekistonlik mutaxassislar Qatarda malaka oshirmoqda