O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abu-Dabida BAA ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bilan muzokara o‘tkazdi
Dekabr 12, 2025. 18:50 • 43 soniya
• 84
TOSHKENT, 12-dekabr. /“Dunyo” АА/. Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev BAA ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Saeed Abdulloh al-Suvaidi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, Saeed Abdulloh al-Suvaidi ikki davlatlar o‘rtasida xususan, xavfsizlik sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik munosabatlarini yuqori baholadi.
Tomonlar o‘rtasida kiberjinoyatlar, terrorizm, transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish, xavfsizlik va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida hamkorlikda seminar-trening va xalqaro konferensiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazilib kelinayotganligini alohida taʼkidladi.
O‘zbekiston fuqarolarini Amirliklar hududiga osonlashtirilgan tartibda kirib kelishlari uchun “UAE Fast-track” platformasi o‘zbek tomonidan ijobiy qabul qilinganligini olqishlab, uni tez fursatlarda joriy etishda zarur choralar ko‘rilishini bildirdi.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, noqonuniy migratsiyaning oldini olish va ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Abu-Dabidagi elchixonada Ichki ishlar vazirligi vakili tayinlanishi tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi
O‘zbekistonlik mutaxassislar Qatarda malaka oshirmoqda