O‘zbekistonlik mutaxassislar Qatarda malaka oshirmoqda
Dekabr 12, 2025. 11:22 • 53 soniya
• 61
DOHA, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonlik mutaxassislar Doha fan va texnologiyalar universitetida muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘quv kursining tantanali ochilish marosimda universitet rektori doktor Salim An-Nuaymiy, O‘zbekiston elchisi Ashraf Xodjayev hamda Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov ishtirok etib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlik shiddat bilan rivojlanayotgani va bir qator qo‘shma o‘quv dasturlari yo‘lga qo‘yilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
10 oylik mazkur o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi, Namangan viloyati hokimligi, Progressiv islohotlar markazi va Doha fan va texnologiyalar universiteti hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyiha qatarlik sheriklar tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.
Darslar universitetning Kasb-hunar ko‘nikmalari markazida olib borilmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislar payvandlash, santexnika, elektr ishlari va umumiy muhandislik yo‘nalishlarida zamonaviy uslublar asosida bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.
Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan kasb ustalari Namangan viloyatida tashkil etilayotgan “O‘zbekiston–Qatar kasbiy ko‘nikmalar markazi”da mashg‘ulotlar o‘tishi rejalashtirilgan. Yangi markaz bitiruvchilari xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarga ega bo‘lib, AQSH, Yevropa, Yaqin Sharq va boshqa mamlakatlarda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi