Logo

O'zbekiston diplomatlari Chechenistonda tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdilar

Oktabr 12, 2023. 17:10 • 58 soniya

984
O'zbekiston diplomatlari Chechenistonda tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdilar

 ROSTOV-DON, 12 oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulligi xodimlari Rossiyaning Chechen Respublikasiga amalga oshirgan ishchi tashrifi doirasida Grozniy davlat neft texnologiyalari universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Grozniy davlat neft texnologiyalari universiteti 1920 yilda tashkil etilgan. Mazkur universitet neft va gaz, shuningdek, sohaviy texnologiyalar mutaxassisligi bo'yicha yetuk kadrlarni tayyorlab beruvchi Rossiyadagi nomdor o'quv muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda mazkur oliy ta'lim muassasasida 80 dan ortiq yurtdoshlarimiz tahsil olmoqda.

Uchrashuv chog'ida samarali ishlash tizimini mustahkamlash va akademik hamkorlik istiqbollari yuzasidan universitet rahbariyati hamda vatandoshlar bilan fikr almashildi.

O'zbekiston diplomatlari, o'z ma'ruzalarida, neft sanoati jahon iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri ekanligini e'tirof etgan holda O'zbekistonda ham ushbu jabha jadal rivojlanayotganini bildirdilar. Mamlakatimizda malakali mutaxassislarni tizimli tayyorlashga oid davlat darajasidagi ta'lim va bevosita ishlab chiqarish tizimi shakllanganligi alohida qayd etildi.

Grozniy davlat neft texnologiyalari universiteti rahbariyati O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari bilan neft va gaz sohasida akademik hamkorlikni yana-da rivojlantirishning keng imkoniyatlari mavjudligini ta'kidlashdi.

Vatandosh talabalar bilan kechgan muloqot davomida, shuningdek, ularning savollariga batafsil javob berildi. Jumladan, amaliyot jarayonini O'zbekistondagi korxonalarda o'tash va kelgusida ishga joylashish masalalari xususida fikr almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish