O'zbekiston elchisi Avstriya Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
Oktabr 28, 2023. 12:47 • 44 soniya
• 4224
VENA, 28 oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Baxtiyor Ibragimov Vena shahrida Avstriya Tashqi ishlar vazirligi protokol bo'limi boshlig'i o'rinbosari Bernxard Fostenxammerga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida tomonlar o'zaro manfaatli sohalarda O'zbekiston-Avstriya hamkorligini yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Bernxard Faustenxammer Avstriya tomoni O'zbekiston bilan ham ikki tomonlama, ham ko'p tomonlama asosda o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirishga tayyorligini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Baxtiyor Ibragimov Venaga tayinlanishidan oldin Nyu-York shahrida O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili (2017–2023 yillar) lavozimida ishlagan. U 57 yoshda. Toshkent xalq xo'jaligi institutini (hozir – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan.
Yangi elchi 1992 yildan beri TIV tizimida ishlab kelmoqda. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O'zbekistonning AQSH va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda faoliyat ko'rsatgan.
U Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasiga ega.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Indoneziyada O'zbekistonning boy sayyohlik salohiyati taqdim etildi
O'zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli vatandosh talabalar bilan uchrashdi