Indoneziyada O'zbekistonning boy sayyohlik salohiyati taqdim etildi
Noyabr 25, 2023. 13:43 • 2 daq
• 1059
JAKARTA, 26-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Indoneziya kompaniyalari vakillari uchun mamlakatimizning sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA muxbiri.

Taqdimot O'zbekiston TIV huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat ko'rsatish byurosi va «Samo travel» sayyohlik kompaniyasi ko'magida tashkil etildi.
Tadbirda Indoneziya Ulamolar kengashi, "ASTINDO" turizm assotsiatsiyasi, shuningdek, "Al-Rizqy", «Al Barokah travel», «Wesgo Travel», «Cosmo Holiday», «Umrah and Haji Khusus», «PAS Tours and Travel» va boshqa turtistik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Taqdimot davomida ishtirokchilarga O'zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, xizmatlar ko'rsatish sifatini oshirish, shuningdek, turizm infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Indoneziya Ulamolar kengashi raisi o'rinbosari Abd al-Jabar o'z chiqishida, O'zbekistonga buyurgan tashrifini mamnuniyat bilan esga oldi. «Men mamlakatimizga 2012 yilda ilk bor borganman va ishonch bilan ayta olamanki, keyingi yillarda O'zbekistonda ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham jamiyat hayotida tub o'zgarishlar ro'y berdi. Bugungi O'zbekiston o'zining «Yangi O'zbekiston» nomiga to'la mos keladi. Bu o'zgarishlar mamlakatning turizm industriyasining rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Dunyo hamjamiyati O'zbekistonning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasini yuksak qadrlaydi», dedi u.
Indoneziya vakillari joriy yil oktyabr oyida Samarqand shahrida o'tkazilgan Butunjahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi yuksak saviyada tashkil etilganini e'tirof etishdi. Shuningdek, Samarqand shahriga «Jahon madaniy turizm poytaxti» maqomini berish to'g'risidagi deklaratsiya qabul qilinganini yuqori baholashdi.
Tadbir doirasida ikki tomonlama aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekistonning «Samo travel» sayyohlik agentligi va Indoneziya sayyohlik kompaniyalari o'rtasida muzokaralar tashkil etildi.
Bo'lib o'tgan muzokaralar natijasida Indoneziya va O'zbekiston vakillari o'rtasida 24 ta hamkorlik memorandumi imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli vatandosh talabalar bilan uchrashdi