Logo

Stokgolmda O'zbekistonning Shvesiyadagi birinchi elchisi o'z vazifasini bajarishga kirishdi

Oktabr 26, 2023. 19:03 • 35 soniya

3230
Stokgolmda O'zbekistonning Shvesiyadagi birinchi elchisi o'z vazifasini bajarishga kirishdi

STOKGOLM, 26-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Stokgolm shahrida O'zbekistonning Shvesiyadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi, avval mamlakatimizning ushbu davlatdagi Muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlagan Nodir Gʻaniyev o'z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Nodir Gʻaniyev 52 yoshda. U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparat va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Shvetsiyaga jo'nab ketishidan oldin u TIVning Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o'tamiz, mamlakatimizning Stokgolmdagi diplomatik vakolatxonasi 2022-yilda ochilgan va O'zbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish