O'zbekiston va Rossiyaning Janubiy Koreyadagi elchilari o'rtasida samimiy muloqot bo'lib o'tdi
Dekabr 09, 2023. 13:35 • 58 soniya
• 1055
SEUL, 9-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Vitaliy Fen mamlakatimizning Seuldagi elchixonasida Rossiyaning Janubiy Koreyadagi elchisi Andrey Kulik bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ochiq va do'stona ruhda o'tgan uchrashuvda diplomatlar so'nggi yillarda ikki davlat rahbarlarining sa'yi-harakati bilan O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi siyosiy va diplomatik aloqalar haqiqiy ishonchli ittifoqchilik va strategik sheriklik xususiyatiga ega bo'lib borayotgani qayd etildi.
O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi do'stona aloqalar kun sayin faollashib, hamkorlikning yangi yo'nalishlari ochilayotgani, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qator kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgani, ayniqsa hududlararo hamkorlikka alohida e'tibor berilayotgani ta'kidlandi.
O'zbekiston Prezidentining joriy yil 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga amalga oshirgan oliy darajali tashrif chog'ida erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko'targani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Andrey Kulik yurtimiz aholisini Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 31 yilligi bilan tabriklab, O'zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasi mamlakat ravnaqi va fuqarolarning manfaatlariga xizmat qilishini bildirdi.
Muloqot davomida mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Rossiya elchisi Andrey Kulik o'zining vakolat muddati tugashi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu samimiy uchrashuv uchun O'zbekiston elchisiga minnatdorlik bildirdi.
Vitaliy Fen Rossiya elchisining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Indoneziyada O'zbekistonning boy sayyohlik salohiyati taqdim etildi
O'zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli vatandosh talabalar bilan uchrashdi