Logo

O'zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli vatandosh talabalar bilan uchrashdi

Noyabr 25, 2023. 11:42 • 36 soniya

441
O'zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli vatandosh talabalar bilan uchrashdi

 OQTOV, 25 noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli Otabek Tursinbekov Sh.Yesenov nomidagi Kaspiy davlat texnologiyalar va injiniring universitetida ta'lim olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati bilan tanishdilar. Yoshlarning sifatli ta'lim olishi, bandligi va munosib ish joylari bilan ta'minlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, talabalarga o'qishni xorijiy davlatlardagi oliy o'quv yurtlaridan respublikamizdagi ta'lim muassasalariga ko'chirish tartibi tushuntirildi.

Bundan tashqari, Qozog'istonning qonun-qoidalariga rioya qilish, millatimizga yot bo'lgan g'oyalar, ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib qolmaslik bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga diplomatdan atroflicha javob oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish