Logo

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Vashingtonda AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi

Aprel 08, 2026. 09:53 • 51 soniya

183
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Vashingtonda AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi

VASHINGTON, 8-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 7 aprel kuni Vashingtonda AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Vashington shahrida AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat chog‘ida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi natijalarini muhokama qildik, shuningdek, iqtisodiy loyihalar portfeli izchil kengayib borayotganini qayd etdik.

Strategik sherikligimizni yanada rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun janob Davlat kotibiga o‘z minnatdorligimni bildiraman”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish