O‘zbekiston va AQSh ikki tomonlama savdo munosabatlarini o‘zaro manfaatli asosda tartibga soluvchi kelishuvlar ustida ishlamoqda
Aprel 08, 2026. 12:35 • 51 soniya
• 125
VASHINGTON, 8-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh savdo vakili, elchi Jeymison Grir bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQSh savdo vakili, elchi Jeymison Grir bilan o‘tkazilgan uchrashuvda amerikalik investorlarning O‘zbekistonga nisbatan ortib borayotgan qiziqishini muhokama qildik, – deb yozdi bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Biz ikki tomonlama savdo munosabatlarini o‘zaro manfaatli asosda tartibga soluvchi kelishuvlar ustida ish olib bormoqdamiz.
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun elchi janoblariga o‘z minnatdorligimni bildiraman”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi