Logo

Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonlik ayollar uchun iftorlik tashkil etildi

Mart 09, 2026. 11:00 • 2 daq

195
Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonlik ayollar uchun iftorlik tashkil etildi
Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonlik ayollar uchun iftorlik tashkil etildi
Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonlik ayollar uchun iftorlik tashkil etildi
Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonlik ayollar uchun iftorlik tashkil etildi

ISTANBUL, 9-mart. /“Dunyo” AA/. Kecha Istanbul shahrida muqaddas Ramazon oyini munosib o‘tkazish, xorijda yashayotgan vatandoshlar o‘rtasida mehr-oqibat va birdamlik muhitini mustahkamlash maqsadida Turkiyada istiqomat qilayotgan 300 nafar o‘zbekistonlik ayollar uchun madaniy-maʼrifiy uchrashuv va iftorlik tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Iftorlikda Turkiyaning turli shaharlarida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik ayollar va faol vatandoshlar qatnashdi.

Uchrashuvda Bosh konsulxona vakillari Ramazon oyining saxovat, bag‘rikenglik va ezgu qadriyatlarni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, ular bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalardan biri ekani qayd etildi.

Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi Faxriddin Muhammadnosirov davlatimiz rahbarining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, islom dini arkonlari, muhtoj va ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish, yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalar taʼsiridan asrash, o‘zga yurtda birdamlik va ahillik fazilatlari haqida maʼruza qildi.

Mamlakatimizdan tashrif buyurgan taniqli sanʼatkorlar – Tojibar Azizova va Zuhra Ashurovaning madaniy-maʼrifiy chiqishlari tadbirga yana-da shukuh bag‘ishladi.

Tadbir davomida Bosh konsulxona va vatandoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Bunday uchrashuvlar diplomatik vakolatxona rahbariyatining fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish amaliyotini yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish