Vashingtonda O‘zbekiston va AQSh muhim foydali qazilmalar va nodir yer elementlarini qazib olish hamda qayta ishlashda taʼminot barqarorligi to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi
Fevral 05, 2026. 15:30 • 38 soniya
• 128
TOSHKENT, 5-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau Vashington shahrida hukumatlararo memorandumni imzoladilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau janoblari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati o‘rtasida muhim foydali qazilmalar va nodir yer elementlarini qazib olish hamda qayta ishlash sohasida taʼminot barqarorligi to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Biz o‘ta muhim minerallarni nafaqat iqtisodiy imkoniyat, balki masʼuliyatli hamkorlik va uzoq muddatli barqaror rivojlanish uchun muhim yo‘nalish sifatida ko‘ramiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
