Moskvadagi nufuzli ko‘rgazmada o‘zbek turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Mart 14, 2026. 15:30 • 2 daq
• 121
MOSKVA, 16-mart. /“Dunyo” AA/. Rossiya poytaxtida “MITT 2026” 32-xalqaro turizm va mehmondo‘stlik sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
30-yildan buyon Moskvada o‘tkazib kelinayotgan mazkur ko‘rgazma har yili dunyoning turli mamlakatlaridan turizm sohasi mutaxassislarini bir joyga jamlaydi.
Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari, yangi turizm yo‘nalishlari va yutuqlari namoyish etildi.
Xalqaro ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston milliy stendida Turizm qo‘mitasi, “Uzbekistan Airways” AJ, “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazi hamda boshqa kompaniyalar tomonidan mamlakatimizning eng jozibador turizm yo‘nalishlari taqdim qilindi.
Tashrif buyuruvchilarga YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi qadimiy me’moriy yodgorliklar, zamonaviy ko‘ngilochar majmualar, urf-odatlar, madaniyati va san’ati hamda milliy taomlari haqida ma’lumot berildi.
Ko‘rgazmaning ishbilarmonlik dasturi doirasida sayyohlik kompaniyalari, turoperatorlar, aviakompaniyalar vakillari bilan “G2B” va “B2B” formatida uchrashuvlar o‘tkazildi. Suhbat jarayonida hamkorlikni kengaytirish, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini xalqaro bozorda ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi