Logo

2025-yildan Toshkent–Guanchjou yo‘nalishi bo‘yicha kargo-reyslari vaqti 5,5 soatgacha qisqardi

Yanvar 28, 2026. 09:24 • 2 daq

273
2025-yildan Toshkent–Guanchjou yo‘nalishi bo‘yicha kargo-reyslari vaqti 5,5 soatgacha qisqardi
2025-yildan Toshkent–Guanchjou yo‘nalishi bo‘yicha kargo-reyslari vaqti 5,5 soatgacha qisqardi
2025-yildan Toshkent–Guanchjou yo‘nalishi bo‘yicha kargo-reyslari vaqti 5,5 soatgacha qisqardi
2025-yildan Toshkent–Guanchjou yo‘nalishi bo‘yicha kargo-reyslari vaqti 5,5 soatgacha qisqardi

GUANCHJOU, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. Guanchjouda O‘zbekistonning eksport mahsulotlari va ularni xarid qiladigan ishonchli hamkorlar masalasida tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jumladan, “5th China Import & Export Food Spring-Festival Fair” hamda “Belt and Road Expo of Curated Collections” tadbirlarida mamlakatimiz eksport salohiyati bo‘yicha turli taqdimotlar o‘tkazildi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlari, qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi, qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari keng namoyish etildi.

Tadbirda “Silk-Road” sovg‘a to‘plami, O‘zbekistonning asal, anor, gilos kabi mahsulotlari “China Import & Export Food Spring-Festival Fair – “Premium mahsulotlar katalogi”ga kiritildi va xitoylik isteʼmolchilarga onlayn va oflayn tarzda keng taqdim qilindi.

“Made in Uzbekistan” mahsulotlari, yangidan ish boshlagan “Guangdong Flavors” nomli “Efoodwisdom” platformasiga kiritildi. Bu butun Xitoy bo‘ylab distribyutor, yirik importyor hamda bevosita isteʼmolchilar xaridi uchun yana bir qulaylik yaratadi.

Efoodline Network Technology” kompaniyasi vitse-prezidenti Guo Venyonning taʼkidlashicha, “O‘zbekistonning – mosh, gilos, mayiz, yong‘oq va quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Xitoyga eksport hajmi 2024-yilga nisbatan 50 foizdan ortiqqa o‘sdi. 2025 yildan Toshkent–Guanchjou yo‘nalishi bo‘yicha kargo-reyslarni amalga oshirilishi logistika vaqtini 5,5 soatgacha qisqartirdi.

Bosh konsulxona mamlakatimiz eksportyorlari hamda Xitoy tomoni bilan hamkorlikda 2026-yil davomida “Cherry Express” yuklarini ishga tushirish O‘zbekiston meva-sabzavotlarini Guandun–Gonkong–Makao ko‘rfazi katta bozoriga qisqa fursatlarda olib kelish va isteʼmolchilarga yetkazilishiga ko‘maklashadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish