Logo

O‘zbek mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksport qilish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi

Yanvar 27, 2026. 15:17 • 2 daq

305

GUANCHJOU, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi vakillari hamda tadbirkor ayollardan iborat delegatsiya Xitoyning Guanchjou, Shenchjen va Foshan shaharlariga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Guanchjou shahridagi Bosh konsulxona ko‘magida o‘tkazilgan ushbu tashrif doirasida “China-Uzbekistan Economic and Trade Cooperation Conference” va “Uzbekistan-China Economic Exchange” kabi yirik iqtisodiy forumlar va davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish va yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qilish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qildi.

Muzokaralar davomida mahalliy korxonalar, xususan, Funksional Oziq-ovqatlar kombinati va “XBS Meyve Interprice” kabi MCHJlarning mahsulotlarini Xitoy bozoriga olib kirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

“Overseas Prominent Brand” kompaniyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuv natijasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan eksportbop mahsulotlarni ushbu kompaniyaning onlayn va oflayn platformalarida keng namoyish etish belgilab olindi. Guandun provinsiyasining yirik importyorlari uchun yurtimizning yuqori sifatli qandolat mahsulotlari, yarim tayyor va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi tovarlari taqdimoti o‘tkazilib, xitoylik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tashrifning eng muhim natijalaridan biri O‘zbekiston milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasining Guandun provinsiyasidagi vakolatxonasining tantanali ravishda ochilishi bo‘ldi. Tadbirda Uyushma tomonidan “Guangdong General Chamber of Commerce” palatasi va “Guangdong Dongzao Investment Management” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik bitimlari imzolandi.

Bu kabi hamkorlik aloqalari O‘zbekistonning Xitoydagi iqtisodiy vakolatxonalari tarmog‘ini kengaytirish hamda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-investitsiyaviy aloqalarni yangi va tizimli bosqichga olib chiqishga imkon yaratadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish