Qohirada o‘zbek tekstil mahsulotlari namoyish etildi
Yanvar 23, 2026. 11:51 • 36 soniya
• 129QOHIRA, 24-yanvar. /“Dunyo” AA/. Misr poytaxtida o‘tkazilgan “DenimsAndJeans Egypt” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning “Bukhara Textile Cotton” va “Tashkent Cotton Textile” kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ko‘rgazma doirasida Misr va Yaqin Sharq mamlakatlarida joylashgan tekstil sohasidagi yirik kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va yurtimizning eksport salohiyati taqdim etildi.
Forum doirasida o‘tkazilgan B2B uchrashuvlar ikki tomonlama qiziqish uyg‘otgan yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qildi. Ko‘plab kompaniyalar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sinov partiyalarini yetkazib berish, qo‘shma korxonalar tashkil etish va uzoq muddatli shartnomalar imzolash imkoniyatlarini muhokama qildi.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra, BAA, Turkiya, Rossiya bozorlariga mahsulotlar yetkazib berish, Misrning Iskandariya shahrida shou-rum va omborxonalar tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi




