Logo

O‘shda o‘tkazilgan xalqaro tanlovda o‘zbek talabalari mutlaq g‘olib bo‘ldi

Aprel 26, 2026. 16:00 • 2 daq

513

O‘Sh, 27-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘sh davlat universitetida “Dunyo xalqlari madaniyat kunlari” xalqaro ko‘rik-tanlovi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘sh shahrida faoliyat yuritayotgan Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston konsullik idoralari diplomatlari, Turkiyaning Balikesir universiteti delegatsiyasi, jamoatchilik vakillar, OAV xodimlari, xorijlik talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlov doirasida xorijiy talabalar o‘z mamlakatlarining milliy kiyimlari, cholg‘u asboblari, taomlari, xalq amaliy sanʼati namunalari, badiiy-musiqiy chiqishlarini taqdim etdi.

Jami 18 davlat, jumladan, Ispaniya, Hindiston, O‘zbekiston, Tojikiston, Yaponiya, Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Fransiya, Turkiya va Xitoy madaniyati keng namoyish qilindi.

O‘zbekistonlik talabalar jamoasiga ko‘rgazma tayyorlash uchun O‘zbekistonning O‘sh shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan milliy kiyimlar, cholg‘u asboblari va hunarmandchilik namunalari yetkazib berildi.

Hakamlar hayʼati aʼzosi, Qirg‘iziston xalqlari assambleyasining janubiy viloyatlar bo‘yicha koordinatori Berdikul Karayev madaniyatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik haqida fikr bildirib, madaniyat insonlarning dunyoqarashi va qadriyatlarini aks ettirishini taʼkidladi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘zbek talabalari jamoasi 18 ta jamoa orasida 1-o‘rinni egalladi. Vakillarimiz “Eng yaxshi milliy raqs” nominatsiyasida ham g‘olib bo‘ldi. Umumiy hisobda tadbirning mutlaq g‘olibi deb topildi.

G‘olib jamoaga universitet rahbariyati va hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari, pul mukofotlari hamda Toshkent shahriga sayohat yo‘llanmalari topshirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish