Logo

O‘zbekiston – Iroq biznes-forumida muhim hujjatlar imzolandi

Yanvar 14, 2026. 19:19 • 54 soniya

274

TOSHKENT, 17-yanvar. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston  Iroq biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xalqaro forumda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, qurilish mollari, pudratchilik, ko‘chmas mulk, farmatsevtika, elektrotexnika maishiy uy jihozlari, mebelchilik, AKT, konsalting, deklarant, turizm, tekstil va to‘qimachilik sohalarida ikki davlat ishbilarmonlari qatnashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, Iroq Savdo vaziri Asir al-G‘aririy, Iroq Iqtisodiy kengashi raisi Ibrohim al-Bag‘dodiy, Iroq Investitsiyalar bo‘yicha milliy qo‘mitasi raisi Salar Muhammad Amin nutq so‘zladi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi, sanoat va eksport salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot namoyish qilindi.

Ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida V2V uchrashuvlar tashkil etilib, o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Biznes-forum doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Iroq Savdo palatalari federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Iroq Iqtisodiy kengashi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Umuman olganda, mazkur forum o‘zbek-iroq ishbilarmonlik hamkorligi tarixida ikkinchi bo‘lib, ilk shunday tadbir 2025-yil 23-dekabr kuni Bag‘dod shahrida o‘tkazilgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish