Logo

Hindistonning Maharashtra shtatida sohil kurashi bo‘yicha ochiq chempionat g‘oliblari aniqlandi

Yanvar 30, 2026. 10:27 • 49 soniya

264
Hindistonning Maharashtra shtatida sohil kurashi bo‘yicha ochiq chempionat g‘oliblari aniqlandi
Hindistonning Maharashtra shtatida sohil kurashi bo‘yicha ochiq chempionat g‘oliblari aniqlandi

DEHLI, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. Hindistonning Maharashtra shtatida sohil kurashi bo‘yicha «Maharashtra State Beach Kurash Championship 2025–2026» ochiq chempionati yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sangli tumanida tashkil etilgan mazkur yirik sport tadbiri kurashning xalqaro maydonda jadal rivojlanayotgan yakkakurash turlaridan biri sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi.

Tadbir shtat yoshlari o‘rtasida kurashni yanada keng yoyish va ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.

Turnir shtatning turli hududlaridan kelgan 450 nafardan ortiq sportchini birlashtirdi. Musobaqalar bolalar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida barcha vazn toifalarida o‘tkazildi.

Maharashtradagi ushbu chempionat 2018-yildan buyon anʼanaviy tarzda har yili tashkil etilmoqda. O‘tgan davr mobaynida mazkur turnir Hindistonda kurashning sohil yo‘nalishini ommalashtirishda muhim o‘rin tutib, anʼanaviy tus oldi.

Hindistonning yirik shtatlarida bu kabi musobaqalarning uyushtirilishi o‘zbek kurashining xalqaro sport turi sifatidagi maqomi mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda kurash xalqaro ko‘lamda halol kuch sinashish va insonparvarlik tamoyillarini ilgari surgan holda, dunyo bo‘ylab minglab sportchilarni birlashtirmoqda.   

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish