O‘zbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlikni kengaytirmoqda
Fevral 02, 2026. 11:02 • 29 soniya
• 35
INCHUAN, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari Xitoyning Ninsya-Xuey muxtor tumaniga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif doirasida Ninsya hududi va O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan, mahalliy rasmiy doiralar, ilmiy va biznes vakillari hamda ekspertlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda barcha sohalarda, xususan, ekologiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda “Yashil makon” umummilliy dasturining taqdimoti o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida cho‘llanishga qarshi kurashish, “yashil rivojlanish”, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish uchun Ninsya maqsadli delegatsiyalarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
